View in Telegram
#soliq_stavkalari #aksiz Alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalari 2025-yil 1-yanvardan boshlab mahalliy alkogol mahsulotlari (aroq, konyak va boshqalar) uchun aksiz stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinib, endilikda 1 litr spirt uchun 44 ming so‘mni tashkil etdi (avval 40 ming so‘m edi), import mahsulotlari uchun esa stavka 25 foizga kamaytirilib, 76 ming so‘mga tushirildi (avval 101,5 ming so‘m edi). Mahalliy va import etil spirti uchun aksiz stavkasi unifikatsiya qilinib, 1 litr uchun 15 ming so‘mni tashkil etdi (avval 14,9 ming so‘m va 70% edi). Don distillyatlari va texnik spirt ishlab chiqarishda foydalaniladigan etil spirti uchun aksiz hisob-kitoblari aniqlashtirildi. Don distillyatlari uchun standart tarkibida 52% etanol bo‘lishini nazarda tutadi. Shuningdek, vino uchun stavkalar unifikatsiya qilindi. Mahalliy tabiiy vino uchun aksiz stavkasi 1 litr uchun 5 000 so‘m (avval 1 so‘m edi), import vino uchun esa 14 ming so‘mni (avval 28,5 ming so‘m edi) tashkil etdi. Qolgan vinolar uchun mahalliy mahsulotlarda aksiz stavkasi 6 000 so‘m (avval 2 310 so‘m edi), import mahsulotlar uchun esa 20 ming so‘mni (avval 40,6 ming so‘m edi) tashkil etdi. Pivo uchun aksiz stavkasi mahalliy mahsulotlar uchun 1 litriga 2 000 so‘m, import mahsulotlar uchun esa 6 000 so‘m qilib belgilandi. Avval ushbu stavkalar 1 628 so‘m va 50% (lekin kamida 12,2 ming so‘m) edi. 👉🏻 Soliq kodeksi, 289-2-modda Telegram I Facebook I YouTube | Twitter |Website
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily