View in Telegram
#soliq_stavkalari #aksiz 2025-yil 1-yanvardan Tamaki mahulotlari uchun yangi soliq stavkalari belgilandi Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va atrof-muhitni muhofaza etish doirasida 2025-yil 1-yanvardan boshlab filtrli uchun 10 foizlik advalor aksiz bekor qilindi va ichki bozor uchun aksiz stavkasi 19,7 foizga oshirilib, 300 ming so‘mga yetkazildi (avval 250,7 ming so‘m edi), import sigaretlari uchun esa 330 ming so‘m qilib belgilandi (+1,5%, avval 325 ming so‘m edi). 1-iyuldan boshlab mahalliy va import mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalari 1000 dona sigaret uchun 340 ming so‘m darajasida unifikatsiya qilinadi. Shuningdek, 1-yanvardan boshqa tamaki mahsulotlari uchun aksiz stavkalari oshirildi: nikotinli suyuqliklar (veyplar uchun) uchun aksiz deyarli 3 barobarga oshib, 1 ml uchun 2000 so‘mni tashkil etdi (avval 670 so‘m edi), sigaralar uchun – dona boshiga 20 ming so‘m (avval 6400 so‘m edi), qizdiriladigan tamakilar uchun – 1 kg uchun 450 ming so‘m (avval 382 ming so‘m edi), chekish uchun tamakilar uchun – 1 kg uchun 600 ming so‘m (avval 382 ming so‘m edi). 👉🏻 Soliq kodeksi, 289-1-modda Telegram I Facebook I YouTube | Twitter |Website
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily