#soliq_stavkalari
Oʻzbekistonda 2025 yil uchun soliq stavkalari
2024-yil 24-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025–2027-yillar uchun soliq siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi qonun imzolandi.
2025-yilda asosiy soliqlarning amaldagi stavkalari saqlab qolinadi:
– Foyda soligʻi — 15%;
– QQS — 12%;
– Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi — 12%;
– Ijtimoiy soliq — byudjet tashkilotlari uchun 25%, qolganlar uchun 12%;
– Aylanmadan olinadigan soliq — 4%;
– Qishloq xoʻjaligi yerlariga yer soligʻi — 0,95%;
– Yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi — 1,5%;
– Sugʻorish uchun suv resurslari soligʻi — 1 kub metr uchun 100 soʻm (hisoblagich va suv tejovchi texnologiyalar boʻlmaganda 1,1 koeffitsiyenti bilan).Prezident farmoniga muvofiq, 2028-yilgacha QQS va foyda soligʻi stavkalari oshirilmaydi.
Telegram I Facebook I YouTube | Twitter|Website