#qonunchililkdagi_yangiliklar #elektron_xizmat
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab ro‘yxatdan o‘tmagan elektron savdo platformalari faoliyati taqiqlanadi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (VMQ-885, 26-dekabr 2024 y.) qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra,
elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida
faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkin.
Bunda elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga o‘zining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar
(ish, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaxs va
(yoki) YTT
elektron tijorat operatori hisoblanmaydi.
2025 yil 1 iyuldan elektron tijorat operatorlari faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi. Bunda faoliyatni amalga oshirayotgan subyektlar quyidagi shart va talablarga rioya etishlari lozim:
– O‘zbekiston
yuridik shaxsi shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tish;
– elektron tijorat, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, mualliflik va turdosh huquqlar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama sohasidagi qonunchilik va boshqa qonunchilik hujjatlari
talablariga rioya etish;
– vakolatli organning so‘roviga muvofiq elektron tijorat sub’yektlarining faoliyatiga oid
ma’lumotlarni bepul taqdim etish;
– chakana
savdo qoidalari talablariga rioya qilish;
– elektron tijorat ishtirokchilariga xizmatlar ko‘rsatish uchun
zarur darajada ishlashi ta’minlangan axborot tizimining mavjudligi va boshqalar.
– faoliyat boshlanishi haqidagi xabarnoma
ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash;
– xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalari tuzish, shartnomalarga o‘zgartirishlar kiritish va ularni bekor qilish holatlarini, shuningdek, amaldagi mehnat shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy apparat kompleksida majburiy ro‘yxatga olish — agar xodimlar uchun tegishli faoliyatni
(harakatlarni) amalga oshirish uchun bunday talab mavjud bo‘lsa;
– xabardor qiluvchining
nomi, joylashgan joyi (yashash manzili) o‘zgarganligi yoki filial va vakolatxona ochilganligi to‘g‘risida ro‘yxatga olingandan keyin
o‘n ish kuni ichida vakolatli organni xabardor qilish;
– xabardor qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyat
(harakat) turining uziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa talablar va shartlar.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Agentlik bilan birgalikda
uch oy muddatda elektron shaklda xizmatlar ko‘rsatayotgan, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan xorijiy yuridik shaxslar tomonidan soliq to‘lovlari va qamrovining to‘liqligini o‘rganishni tashkil etish hamda natijalariga ko‘ra ushbu sohada samarali nazoratni ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
Telegram I
Facebook I
YouTube |
Twitter |
Website