#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #xatlov #Qonun_937
XATLOV JARAYONLARI ADOLATLI O‘TKAZILISHI TA’MINLANMOQDA
◼️Xabaringiz bor,
⭐️Kadastr agentligining tasdiqlangan
reja-jadvali asosida O‘zbekiston Respublikasining
937-sonli Qonuniga binoan xatlov ishlari amalga oshirilmoqda.
◼️Kuni kecha
🌟Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i
I.Tadjibayev, ⭐️Kadastr agentligi va
🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari
Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev poytaxtning
📍Yangihayot, Olmazor hamda
Shayxontohur tumanlaridagi xatlovda bevosita ishtirok etib,
jarayonlarning shaffof hamda to‘g‘ri amalga oshirilayotganini yaqindan o‘rgandilar.
◼️Kadastr xodimlariga xatlov ishlari jarayonida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishlari yuzasidan ko‘rsatma berildi.
◼️Xonadon egalariga esa xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad
fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram |
🔵Facebook |
📷 Instagram |
🎬YouTube