View in Telegram
#About_Korea_time 🍧 Koreyslarning milliy libosi bòlgan Xanbok 🫶 Xanbok – koreys ayollarining milliy libosi bo’lib, so’zma-so’z tarjima qilinganda “koreys kiyimi” degan ma’noni anglatadi. Bugungi kunda ushbu libos rasmiy tadbirlar, oilaviy va milliy bayramlar kiyimiga aylangan, desak, adashmagan bo’lamiz.Xanbok “hogori” deb ataluvchi kalta jaket va “Chima” (yoki chxima) nomli keng yubkadan iborat. Chogori – jaketi (ko’rinishidan boleroga o’xshab ketadi)ning yeng qismi pere deb ataladi. Chogori ikki tasmadan tashkil topgan bir ilmoqli bant bilan bog’lanadi. Bunda ilmoq yurak tomonga qarab turmog’i lozim. Tasmalar uchi yubka bo’ylab tushib turadi. Chima –Xanbok yubkasi. U ko’krakning pastki qismidan boshlanadi va chogori ostidan kiyiladi. Uning bir qavatli, ikki qavatli va qaviqli turlari mavjud. Chima ostidan sokchxima ( ichdan kiyiladigan yubka), shuningdek, poson – maxsus paypoqlar va poyabzal kiyiladi. 🍧🩰 @drammshiklar_uchun 🍧🩰
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily