#ibrat
Yaponiyada birgina maktab o‘quvchisi uchun temiryo‘l bekati uch yil ishladi!
🚆2013-yilda temiryo‘l boshqarmasi yo‘lovchi bo‘lmagani uchun bir bekatni yopishga qaror qiladi. Ammo bir qizaloq bu bekat orqali maktabga qatnayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat esa qizning ta’lim olishi uchun bu kimsasiz bekat faoliyatini davom ettirishga qaror qildi.
Shu davr mobaynida poyezd Xokkaydo orolining Kyu-Shirataki bekatiga kuniga ikki marta – birgina shu qizaloq uchun to‘xtab o‘tadigan bo‘ldi. Poyezdning to‘xtash vaqti esa qizning maktabga borish va qaytish vaqtiga qarab belgilandi.
👏 Birgina shu qizaloq uchun bekat har yili ta’mirlanar, qishda esa platforma qordan tozalanar edi. 2016-yilda qiz maktabni tugatdi va bekat ham yopildi.
@Kitobshunoslik – Sizga eng yaxshisini ilinadi!