Bugun 11-yanvar – Xalqaro rahmat (minnatdorlik) kuni
📆 11-yanvarni yilning eng «xushmuomala» sanasi deb atash mumkin, chunki bu kun Xalqaro rahmat (minnatdorlik) kunidir (International Thank You Day).
Har yilning 11-yanvar kuni dunyoning turli mamlakatlarida xalqaro rahmat (minnatdorlik) kuni keng nishonlanadi. Bu kunni bayram qilishdan maqsad insonlar orasidagi samimiy munosabatlarni, doʻstona rishtalarni yanada mustahkamlashdan iborat.
🇺🇳 BMT, YUNESKO singari nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan ham qoʻllab-quvvatlanayotgan bu bayram tobora ommalashib bormoqda. Qator mamlakatlarda bu kunda turli qiziqarli tomoshalar, aksiyalar, fleshmoblar oʻtkaziladi. Bayram tadbirlari, tanlovlar tashkil etilib, sovgʻalar, turli tillarda bitilgan bezakli tashakkurnomalar tarqatiladi.
Yaqinlarga rahmat deb qo‘yishni unutmang!
@Kitobshunoslik – Barchangizning kanalimizda borligingiz uchun, har bir postimga erinmasdan reaksiya bosganingiz uchun, har bir postga izoh qoldirganingiz uchun rahmat!