Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Mehribon va Rahmli Allohning ismi ila...
Shu paytgacha juda ko‘p kurslarda qatnashdim, lekin hayotimni tubdan o‘zgargan bir kurs borki, Bu Kashfiyot kursidir...
Bu kurs hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lsada, hozir hayotimga eng katta ta'sir o‘tkazgan "Baraka" mavzusi haqida yozaman...
Baraka faqat kam vaqtda ko‘p ish qilish deb o‘ylardim. Aslida! U umuman boshqa narsa ekan.
Barakani anglashimdan avval, hayotim juda stressli bo‘lgan. Natijaga qattiq bog‘lanardim, butun xayolim vazifalarimni tugatish bilan band bo‘lardi. Rosti, Qur'on, zikr, kabilarni "vaqt ortib qolsa qilinadi" derdimda, vazifalarimning eng oxiriga qo‘yardim.
So‘rashingiz mumkin, Barakadan keyinchi?
Haaa, undan keyin ko‘p narsa o‘zgardi...Eng birinchi, Allohga tavakkul qilishni o‘rgandim. Zikrlar va Qur‘on vaqtga baraka beradi deya o‘rgatildi. Ularni qilmasdan darsni boshlamaslikka odat qildim. Natijani unutdim, Allohdan xayrslini berishini va unga mutlaqo rozi bo‘lishimni har kuni aytardim. Va qalbimda doimiy huzur, ajib sakinat bo‘lardi..
Va yana bizga o'rgatildiki, "Namozning sifati - hayotingizning sifatini belgilab beradi!" Endi ibodat hayotimning asosiga aylangandi. Bor kuchim bilan namozni mukammal ado etishga harakat qilardim. "Namoz vaqtni oladi" degan parazit g‘oya mutlaqo xayolimdan chiqib ketgan edi. Endi u "yaxshi hayotni yetkazib beradigan asosiy omil edi".
Bundan tashqari, ustozim bizga hayotimizda barakani ko'paytirish uchun "Aynan hozir Alloh mendan nima qilishimni xohlardi..." degan savolni tinmay berishimiz kerakligini aytdilar. Endi biz Alloh bizdan xohlaydigandek yashashni o‘rganayotgan edik...
Xulosa qiladigan bo'lsam, Baraka bizga huzurni, sakinatni, Allohga bo‘lgan tavakkulni, natijaga bog‘lanmaslikni, doimiy qalbimiz xotirjam bo‘lishini o'rgatdi...
Endi sizga yaqinda hayotimda sodir bo‘lgan bir kichik mo‘jizani aytsam. 1 yarim oylik intensiv IELTS kursini sotib oldim, har kuni ustozim o‘rgatgandek Barakani his qilib dars qildim. Allohga tavakkal qilib, natijasiga 100% rozi bo'lgan holatda, Registratsiyadan o'tdim. Eng qizig‘i, Imtihon oldida "reading va listening" qismi juda pasayib ketgandi. Speaking dan shug'ullanishga deyarli vaqt qolmagan edi, atigi bir ikki marta ustozim imtihoncha qilib ko'rdilar xolos. Writingdan bir marta bo‘lsada, to‘liq insho yozishga vaqtim yetmagandi. Lekin sababini keltirib, natijaga rozi bo‘lgan holda topshirdim. Vaholanki, umumiy 6 ballni qo‘lga kiritdim. Umuman shug'ullanmagan speaking va writing qismlarim ham 6 chiqqandi... Kamkuu deyishiz mumkin, lekin o‘zimning ahvolimni bilgan holda ayta olamanki, bu manga Alloh tomonidan berilgan katta sovg'a edi...
Xullas, ko'rganingizdek Birgina Baraka darslari hayotimni shunchalik o‘zgartirdi. Bu kurs esa undan tashqari sog'lik, karyera, ish, o‘qish, munosabatlar, shaxsiy rivojlanish, hamma hammasini qamrab olgan.
Bizga berilgan shuncha ilm uchun ustozim Azizbek Zubaydullayevdan Alloh rozi bo‘lsin! Go‘zal sovg'alar berishga imkonimiz bo‘lmasada, har namozimizda qiladigan go‘zal duolarimiz bor :)
O‘zini qaytadan kashf qilmoqchi bo‘lgan har inson bu kursda o‘qishi shart deb o‘ylayman!