View in Telegram
Jumanazar Yo‘ldosh "Izlam" turkumining ikkinchi faslida o‘qigan ilk hikoyanavisim bo‘ldi. Yozuvchi o‘zining quyuq o‘xshatmalari, sevgi va o‘lim arosati orasida qolgan jinslar taqdiri va yakuni tubdan burilib ketuvchi hikoyalari bilan yodimda qoldi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan hikoyalaridan nuktadon ruh, o‘limni erta anglash va erishilmagan sevgi iztiroblari yaqqol sezilib turadi. Uning "Yomg‘irdan so‘ng", "Yeseninini sevgan qizi", "Kutganim-sen" kabi hikoyalarida sevgi mavzusi yetakchilik qilsa, "Ro‘yo", "Oppoq qor" singari yoziqlarida o‘lim, "Chag‘alaylar" bitigida esa o‘lim va sevgi orasidagi nozik hislar tasviri balq urib turadi. "Ma'sumning sevgisi" asari esa chinakam sevgining sadoqat o‘laroq chizilgan portreti desam mubolag‘a bo‘lmas. ©️ Nurali Qahramon Karimov / @santuagaraoflibrary 📚 @akademnashr Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily