View in Telegram
Rosa mehnat qilyapsiz, lekin topganingiz ortmayaptimi? Bu kabi holat odatda o‘rtacha oylikka ishlaganingizda bo‘ladi (3-7 million). O‘zbekistondagi aholining juda katta qismi esa aynan shu summa oralig‘idagi maoshga ishlaydi. Bu maosh qaysidir ma’noda insonni komfort zonaga tushuradi. Nega deganda inson oylikdan oylikka ishlagani hisobiga, o‘zidan ortib nimadir qilishga umuman imkon topolmaydi. Endi orttirib qandaydir ish qilaman desa, atay qilgandek, shu ish ham negadir yo orqaga ketadi yoki oldinga yurmaydi. Men bu davrda juda ko‘p vaqt yo‘qotib qo‘ydim. Shu sababli Siz hozir shu kabi vaziyatda bo‘lsangiz, bu postning Sizga juda katta foydasi tegadi, inshaalloh. Sherikchilik. Aynan 2 ta sherik bir bo‘lganda, matematik hisob kitoblar ishlamay qoladi. 1+1 maktabda o‘rgatilgandek 2 emas, balki 11 ga aylanadi. Har qanday omadi chopgan, ishi yurishgan insonning sherigi bor. Sherigi yo‘q inson umri davomida qancha harakat qilsa ham biri ikki bo‘lmaydi. Shu sababli keling, sherikchilik haqida gaplashamiz. 1. Alloh bilan sherikchilik. Alloh Sizning sherigingiz bo‘lishining juda ko‘p yo‘llari bor. Men o‘zim bilganlarim va har kuni qilishimiz mumkin bo‘lgan 5 tasini aytib beraman. 1) Kun barakasi uchun. Har kuni ertalab hammaga har xil rizq taqsimlanadi. Lekin kimdir kuniga 50 ming topib yetkazadi. Yana kimdirga kuniga $ 500 topsa ham qarz bilan chiqadi. Bu yerda gap pulning miqdorida emas, balki barakasida. Pulga baraka kirishi uchun esa har kuni ko‘chaga chiqayotganda o‘zingiz xohlagan summani “Kun barakasi” deb nomlangan qutiga/bonkaga/kartaga yoki o‘zingizga qulay nimagadir solib qo‘ying. Pulning miqdori umuman ahamiyatsiz, 100 so‘mlik tanga ham bo‘laveradi. Pul to‘planib boraveradi, orada shu pulga muhtoj kimdir chiqib qoladi. Buni o‘zingiz sezasiz, shu payti shu yig‘ib qo‘ygan pulingizdan xolis yordam qilasiz. Vaqtga va bosha ishlarga baraka ham shu usul bilan ko‘paytiriladi. 2) Nimadir ulashish. Kimnidir tushlik bilan mehmon qilish, o‘zingizga ravo ko‘rgandan unga ham ilinish kabilar. 3) O‘zingizga mos kelmagan kiyimingizni berish, kimningdir o‘qish pulini to‘lab yuborish, o‘zingizga yoqqanini shunchaki kimgadir sovg‘a qilib yuborish. 4) Moliyaviy holatingizni 40 dan birini zarurati borlar bilan bo‘lishish. Qo‘lingizdagi telefon, Telegram kanalingiz, soat, kiyim va shu kabi o‘zingizga tegishli narsalarni pulga hisoblab, 40 ga bo‘lasiz va 1 qismidan xolis boshqalar uchun voz kechasiz. 5) 2.5%. Buni ko‘pchilik yuqoridagi 1/40 bilan adashtirishadi. Aslida esa bu boshqa. Bu har bir tushumga taalluqli. 10 million maosh oldingizmi, shundan 250 ming so‘mini ehtiyoji bor joylarga yetkazishingiz lozim. Sizga kelayotgan pul qay yo‘llar bilan topilganini bilmaysiz. Bilmasligingiz Sizni javobgarlikdan qutqarmaydi. Shuning uchun 2.5 foizidan kechgan holda qolgan 97.5% dan xotirjam foydalanishingiz mumkin. (Mening diniy ilmim juda sayoz. Nimanidir xato gapirgan bo‘lsam, aybga buyurmaysiz, ustozlardan eshitganimni yozdim. Foydali bo‘lsa, ustozlarimni duo qilasiz. Kamchiligini topsangiz, meni kechirasiz) 2. Ota-ona bilan sherikchilik. Sizga kelgan istalgan manfaatning 10 foizi ota-onangizniki. Do‘stlar bilan o‘tirib, maza qilib shashlik yesangiz, uyga 2 ta shashliksiz kirishga haqqingiz yo‘q yoki bo‘lmasa o‘zingiz ham yemasligingiz zarur. Qaysidir xizmatingiz uchun ham 1 million berishsa, buning 100 ming so‘mi ota-onangiz ulushi. Boshida 10 foizni 2 ga bo‘lsangiz, oilali bo‘lganingizdan keyin 5 ga bo‘lishingiz shart. Oyingiz nomini bilmagan shokoladni turmush o‘rtog‘ingiz yeyishi unga aniq bir balo olib keladi. Ko‘pchilik nega farzandini injiq yoki g‘alati odatlari borligini tushunmaydi. Ammo er-xotin o‘zlariga ravo ko‘rganidan ikkala tarafning ham ota-onalari bahramand bo‘lishganmi degan savolga javob yo‘q. Shu savolga javob topa boshlasangiz, farzandingizga umuman e’tibor bermasangiz ham yuzingizni yorug‘ qiladigan inson bo‘ladi. 2-qism yo‘lda, ungacha reaksiya bosib turing:)
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily