View in Telegram
Oxirgi kunlar ishimiz juda ko’paydi. Insonlarga kasb o’rgatadigan yana bir yangi zapusk, yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Shu sabab bugun ertalab 8 dan keyin ketganim bo’yicha hozir uyga kelibman. *** Ta’lim sohasida yurgan, boshqacha aytganda umrini shunga bag’ishlagan qadriyatli insonlar mehmon bo’ladigan podkast yo’lga qo’yishni anchadan beri orzu qilardim. Bugunga nasib qilgan ekan — “Chorraha podkast”ni yo’lga qo’ydik. *** Men ko’p podkast eshitaman, ko’raman. Lekin ko’pida mehmon bilan intervyu bo’lib qoladi: uning hayoti, muvaffaqiyati va hokazo. “Chorraha” esa fikrlar, bilim va tajribalar kesishadigan nuqta bo’lishini juda xohladim. Bugun qaysidir ma’noda ko’p qarama-qarshi fikrlar yangragan podkast bo’ldi. *** Oldinlari kimdir telefonini ko’tarmasa, xabarlarimga javob bermay qolsa, tushunishim qiyin bo’lardi. Hozir o’zim ko’p javob berolmay qolyapman. Javob beraman deganimda esa tun yarim bo’ladi. Kechiringlar. Hozircha shunaqa gaplar. :) 📌 @Iysoxon
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily