View in Telegram
Nazariyaning muhimligi Ilm-fanda va umuman hayotimizda nazariyaning ahamiyati yuqori. O’zi ilm-fan nima deyilsa, bu savolga eng keng tarqalgan javoblardan biri tekshirib ko’rib, xatoligini ko’rsatish mumkin bo’lgan nazariya deb aytilgan (Karl Popper). Nazariyani to’g’riligini isbolash deyarli ilojsiz, ya’ni biz uni xatoligini isbotlash olamiz xolos, buni o’zgarmas haqiqat ekanligini to’la-to’kis isbotlay olmaymiz. Ilm-fandagi asosiy faoliyat ham nazariya qanchalik rad etib bo’linadi yoki yo’qligi bilan shug’ullanadi. Ilm-fanning asosiy vazifasi esa shu nazariylar orqali voqealilarni tushuntirish (albatta, bu keng tarqalgan, lekin yagona bo’lmagan qarash). Ilm-fanni siyosatdan yoki jamiyat boshqaruvidan farqini ajratish lozim. Ya’ni nima ilmiy va nima ilmiy emasligini ajratib olish juda muhim. Misol uchun, biror bir ijtimoiy muammo bo’lsa, unga yechim topish uchun tajriba (eksperiment) o’tkazish mumkin. Aytaylik, sinfda o’quvchilarning soni qancha bo’lishi ularning o’zlashtirishga qanchalik ta’sir qilishini tajriba orqali aniqlashimiz mumkin. Nazariyamiz shundan iboratki, kamroq o’quvchilar bor sinflarda o’qituvchi har bitta bolaga ko’proq vaqt sarflashi mumkin va bu o’qish sifatini oshiradi. 20 ta bo’lsa, o’zlashtirishiga ijobiy foyda beradi, sinfda 35 ta o’quvchi bo’lsa, salbiy ta’sir qildi degan xulosaga keldik. Bu topilmadan kelib chiqib, hamma sinflarni endi 20 tadan o’quvchi o’qishini ta’minlaymiz deb sifatsiz o’qituvchilarni maktablarga ishga olib tashlasak, nafaqat bu samarasiz bo’lishi, hatto 35 ta o’quvchisi bo’lgan lekin sifatli o’qituvchi dars bergan sinfdan ko’ra yomonroq ham bo’lishi mumkin. Bu holatlarda biz xulosaga emas, aynan nazariyamizga qaytishimiz kerak. Ya’ni bizning boshlang’ich nazariyamiz shunday ediki, sinfda kamroq o’quvchi bo’lsa, o’qituvchi sifati o’zgarmagan holda bu o’quvchilarning o’zlashtirishlari yaxshiroq bo’ladi. Aynan shu holatda biz tajribamizdan olinadigan xulosa emas, aksincha aynan boshlang’ich nazariyamiz muhim edi. Ya’ni biz nazariyamizni tekshirib ko’rdik va xulosamiz aynan nazariyani sharhlashi kerak. Yuqoridagi kabi holatlarga misollar juda ko’p. Davlat boshqaruvida (qarorlar qabul qilshda) ko’pincha xulosa birinchi o’ringa chiqib qoladi. Qaysidur sharoitda nimadur ish bergani boshqa bir sharotida ham ish beradi degani emas. Nima uchun va qanday yo’llar bilan ish bergani muhim bo’lib qoladi. Buning uchun bizga fundamental nazariyalar yordam beradi. Agar biz nazariyalardan foydalanmasak, bu degani biz ilm-fandan foydalanmayapmiz degani. To’g’ri, xulosalardan foydalanishimiz mumkin, ba’zan ish berishi ham mumkin, lekin ko’pincha holatda zararga ishlashi ham mumkin. Aytganimdek, bunday holatda bu ishimiz ilm-fan emas. Bizdagi islohotlar davrida ham ko’pchilikni nazariya qiziqtirmadi. Qaysidur davlatlar tajribasi, muvaffaqiyatli misollar ko’pchilikni qiziqtirdi. Albatta, bu ilm-fan emas va nazariyadan foydalanmaslik tangani tashlab ish qilishga yaqin. Islohotlar o’zini oqlagan, ishonarli nazariyalarga asoslansa, ularning samarali bo’lish ehtimoli yuqori.©️ @ILM_NUR_2020
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily