#himoya #uchun
#PhD #DSc
‼️Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarga qo‘yiladigan
talablar
E’lon qilingan ilmiy ishlar dissertatsiyaning ilmiy yangiligini aks ettirishi kerak. Dissertatsiya natijalari xalqaro va respublika doirasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda va seminarlarda aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazilishi shart;
Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari davriy ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida e’lon qilingan asosiy ilmiy ishlar yakka mualliflikda bajarilgan bo‘lishi kerak (arxeologiya ixtisosligi bundan mustasno);
✅Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmasligi kerak. Ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim;
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi
shart.
✅Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi
kerak.
Dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida e’lon qilingan bo‘lishi
shart.
Ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilinishi
kerak.
Batafsil:
https://telegra.ph/Dissertatsiya-mavzusi-boyicha-elon-qilingan-ilmiy-ishlarga-qoyiladigan-talablar-04-11
Asos
Ps: ma'lumotlarni tadqiqotchilarga yuborib qo‘ying.
Kanalga ulanish
@ILM_NUR_2020