Bolalarning savollari
Farzandlaringizning savollarini javobsiz qoldirmang. Agar nomunosib vaqtda savol berib qolishsa, “Bu haqida keyinroq gaplashaylik, bolam” deya yaxshi gap bilan suhbatni keyinga qoldiring. Mabodo bolalar tushunishi qiyin bo‘lgan mavzuda yoki javob bersangiz xijolatchilik holati bo‘ladigan nozik masalalar bo‘lsa, “Buni biroz katta bo‘lganingda tushuntirib beraman”, – deng va vaqti kelganda bu savolga javob berishni unutmang. Ammo boshqa barcha zarur savollarga javob berishga harakat qiling. Bolalar bu bilan ko‘p narsani o‘rganadi.
Ba’zan bolalarning savollariga javob berish qiyin bo‘lib qoladi. Shunday vaqtda javob berishdan qochib bolaga “Bor, ishingni qil” yoki shunga o‘xshash gap bilan vaziyatdan chiqishga harakat qilasiz. Ammo bu noto‘g‘ri. Buning natijasida o‘zaro munosabatlaringizga zarar yetishi mumkin. Yaxshisi, o‘ylab ko‘rish uchun undan vaqt oling. “Ertaga javob bersam, maylimi?” deyishning hech qanday yomon joyi yo‘q.
Agar farzandingizga nima deb javob berishni bilmasangiz, jim turing va o‘ylab ko‘ring.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar