View in Telegram
Mustaqil inson tarbiyalash Ota-ona bolalarini himoyalashi, g‘amxo‘rlik qilishi kerak, lekin me’yor, hadni bilsin. Har bir qadamiga parvona bo‘lib, hech bir ishi qolmay aralashish, doim buyruq-ko‘rsatma beraverish bolani tushkunlikka olib keladi va mustaqilligini yo‘qotadi. Farzandlarimizni o‘z fikriga ega, mustaqil inson qilib tarbiyalash uchun avval o‘zimiz o‘z fikriga ega, mustaqil inson bo‘lishimiz lozim. Doimo kimningdir fikriga qaram, beqaror insonlar­ning farzandlari ham o‘zlariga o‘xshagan beqaror bo‘lishadi. Unday odamlar bilan yashash juda qiyin, chunki nima ovqat yegisi kelayotganini bilmaslikdan tortib, bugun qanday muhim ishlarni amalga oshirishi lozimligini ham bilmaydi. Doimo muhim va muhim bo‘lmagan ishlar o‘rnini almashtirib yuradigan, birinchi darajali ishlar qolib, o‘ninchi darajali ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladigan insondan va uning farzandlaridan yana nimalarni kutish mumkin?! Ana shunday beqaror insonga aylanib qolib, atrofimizdagilarga ham zararimiz tegmasligi uchun hamisha o‘z ustimizda ishlashimiz, boshqalarning muammolari bilan ovora bo‘lmasdan avval o‘zimizning muammolarimizni hal qilib, o‘z kamchiliklarimizni to‘ldirish bilan band bo‘lishimiz lozim! 📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilish Yanada ko'proq iqtiboslar
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily