Mehr-oqibatli qilib tarbiyalang
Bolalaringizning birini boshqasidan ustun ko‘rmang yoxud birini ajratib qo‘ymang. Ularning barchasiga bir xil munosabatda bo‘ling.
Doimo farzandlarga bir xil qiymatdagi buyum, sovg‘a va iloji boricha bir turdagi narsa tanlang. Ayniqsa, bayramlarda sovg‘a tanlashda bunga e’tibor bering.
Farzandlaringizdan biriga ko‘proq sovg‘a olgan bo‘lsangiz, birini o‘zingiz, birini esa (boshqa) farzandingiz yoki oilaning boshqa vakili sovg‘a qilsin. Hech qachon hamma sovg‘ani o‘zingiz bermang.
Qolaversa, mehmonga borilganda ham mezbon uyning barcha farzandlariga sovg‘a oling yoki hech biriga olmang! Biriga olib, biriga olmasangiz, bu noto‘g‘ri ish bo‘ladi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar