Ulkan xatoga aylantirmaylik!
Bizda pushaymonlikni uyg‘otish uslubi ayanchli darajada! Qanday deysizmi? Bunday holatlarda bolani urish, unga haddan ortiq kuchli va qattiq tanbeh berishdir.
Aqlli ota-ona bolaga bunday vaziyatlarda to‘g‘ri muomala bilan va asta-sekinlik bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi va tanbeh beradi. Biz bolalarni yuqorida aytganimizdek so‘kaversak, uraversak, ular xatolarini bizdan yashirishga va iloji boricha ularni aytmaslikka urinadi.
Biz esa bu haqida bilganimizda ularning o‘z vaqtida aytilish kerak bo‘lgan xatosi ulkan xatoga va qaytarish deyarli ilojsiz bo‘lgan ishga o‘xshab qoladi. Shunda kech bo‘lishi mumkin.
Ammo bunday bo‘lmasligi uchun bizda imkon bor. Hozirdan to‘g‘ri tarbiya berib borsak, bunday xatolar bo‘lmaydi, inshaalloh.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos Kitobni xarid qilishYanada ko'proq iqtiboslar