🛡"Himoya orderi"ni online olish mumkin🖥Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olishga onlayn ariza topshirishlari mumkin.👮♂️Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Himoya orderi zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘yadi.
👉Bunga:-Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash;
-Zo‘ravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash;
- Jabrlanuvchi va zo‘ravonning bir xonada bo‘lishini taqiqlash;
-Zo‘ravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararini qoplash majburiyatini yuklash;
-Zo‘ravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar kiradi.YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot