View in Telegram
#poeziya Siz yomg‘irni yaxshi ko‘rasiz, Tinglaysiz tomchilar navosin, Ammo nechun bilmaysiz hanuz Yuragimning obu-havosin?! Siz yomg‘irni yaxshi ko‘rasiz, Men Betxoven emasman afsus, Ko‘zingizda notalar suzar, So‘z oqadi tomirimda, So‘z! Bilamanki, yomg‘irdek kelib, Bir inja, bir foram, bir nafis, Yuzimda, labimda, sirg‘alib, Kuy chalmaydi Barmoqlaringiz!.. Bilamanki, barchasi behud, Behudadir hislarim shavqi, O‘rtamizda tafovut mavjud, Tafovutki sukut va shovqin… Kechikkanman, bo‘lar ish bo‘lgan, Sizda shodlik, menda esa dard. Ko‘nglingizni mavh etib olgan Mendan avval aldoqchi Motsart!.. Anglashimcha, barchasi tamom, Ko‘nglingiz boshqaga erimas, Siz yomg‘irni yaxshi ko‘rasiz, Motsartni, Notani, …Menimas! Shahriyor Shavkat
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily