View in Telegram
#kitobdan Ul kim-u go‘zallarga xandon lab bermish, Dard ahliga jigar qonin zab bermish. Qismatimiz shodlik bo‘lmasa ne g‘am, Shodmiz, chunki g‘amni ming-minglab bermish. *** Afsuski, bekordan bekor so‘ldik biz, Falakning dastidan kukun bo‘ldik biz. Ko‘z ochib yumguncha ko‘rgan alamdan, Tilakka yetolmay, oxir o‘ldik biz. *** Yon berma, bu dunyo aslida bedod, O‘tganlar g‘amin ham qilma menga yod. Ko‘ngil berma, gajak sochdan bo‘lakka, Maysiz bo‘lma, umring aylama barbod. *** Ichkilik kekkaygan boshni qilur xam, Maydan yechilmagan biror tugun kam. Bir qultum may ichgan bo‘lsaydi shayton, Ming sajda qilardi odamga ul ham. *** Dilim bo‘lgan edi bitta yorga zor, U o‘zga bir yerda g‘amga giriftor. Men undan o‘zimga dori izlasam, Netay, tabibimning o‘zi ham bemor. *** Mufti, sendan ko‘ra purkorroqdirmiz, O‘ta mast bo‘lsak ham hushyorroqdirmiz. Biz tok qonin ichamiz, sen odam qonin, Insof qil, qaysimiz xunxorroqdirmiz. *** Men keldim-u, dunyo ko‘rdimi foyda? Ketsam, martabasi osharmi? Qayda! Hech kim tushuntirib bera olmadi: Kelishim-ketishim sababi qayda. Umar Xayyom P.s. Oh, o‘zimning boboginam! Bu bedod dunyoda bor bo‘lganingizda, siz bilan bir mayxo‘rlik qilarmidik.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily