View in Telegram
#challenge 1-dekabrda chellenj e'lon qilgandim. Yutqazdim. Odatda, oyiga 2-3 ta kitob o'qirdim. Dekabr oyida esa 6 ta kitobni o'qib tugatdim. Doimgidan ko'p bo'lsa ham, men bu natijadan qoniqmadim. Sababi anchagina vaqtimni social media'ga sovurib yubordim. Qo'shimchasiga Yangi yil kayfiyati ham ustunlik qildi shu oy. Tugatildi: 1. Molxona 2. Nur borki, soya bor 3. Jimjitlik 4. Sohibqiron 5. Asrni qaritgan kun 6. Abdulla Qahhor hikoyalari Tugallanmadi: 1. Ayol hayotidan 24 soat 2. O'tkan kunlar 3. Chinor Bitta asarni yakunlagandan keyin birdaniga keyingisiga "sakrab ketish" qo'limdan kelmadi. Kamida 3-4 kundan so'ng boshqa kitobni boshladim. O'qish sur'atimning pasayganiga yana bir sabab, menimcha, o'zbek adabiyotidan qandaydir zerikish hissi bo'ldi. Xullas, hali dekabr nihoyasiga yetmagan bo'lsa ham, boshqa o'qiy olmasligimni (dekabr uchun) his qilyapman. @kitobism
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily