View in Telegram
QARGʻANING TUHFASI Dekabrning o‘rtalari. Ustma-ust yoqqan qor erib, daraxt tagidagi barglar yerga yopishib chiriy boshlagan.Mansurjonning bobosi har yili bog‘dagi hazonlarni yig‘ib ustini tuproq bilan ko‘mib qo‘yadi.Daraxt barglari tuproq ostida chirib o‘g‘itga aylanadi. Hozir ham bobosi beshlik bilan hazonlarni yig‘yapti.Besh yoshli Mansurjon bobosiga yordamlashgani chiqqan.Ikki yuzi sovuqdan qizarib ketgan.   -Bobojon shu hazonlarni yig‘ib ko‘mishimiz shartmi. Azamatlarga o‘xshab yoqib yuborsak bo‘lmaydimi?-Dedi Mansurjon sovqotgan qo‘llarini kuf-kuflab.   -Yig‘ishimiz shart bolajonim.Bobosi beshlikning sopiga suyanib qaddini rostladi.So‘ng yana gapida davom etdi.- Yoqib yuborsak bo‘lmaydi-da. Hazondan chiqqan tutun  atrof-muhitga, sog‘ligimizga zararli.Yig‘sak tayyor o‘g‘it. Esingdami, o‘tgan yili shu o‘g‘it tufayli oyingni gullari qanday chiroyli o‘sdi. Aslida tabiatda keraksiz narsaning o‘zi yo‘q.Hatto chirigan barglarning ham foydasi katta.  Mansurjon indamay hazonlarni qopga sola boshladi. Barglar orasidan bir dona yong‘oq topib oldi. Birdan yuzi yorishib ketdi.   -Bobojon qarang yong‘oq. Yong‘oq daraxtimiz ko‘chada bo‘lsa, u olma daraxtining tagiga qayerdan kelib qoldi ekan? Mansurjon qo‘lidagi yong‘oqni bobosiga berib o‘zi yana hazonlarni tita boshladi.   -Yong‘oqxo‘r qarg‘alarning og‘zidan tushib ketgan bo‘lsa kerak.Ba’zi yong‘oqning po‘sti qattiq bo‘ladi. Qarg‘alar tumshug‘i bilan chaqolmasa ularni tepadan yerga tashlaydilar. Yong‘oqlar hazonlar orasiga tushib qolgan. Qarg‘alar esa ular topa olmagan. Mansurjon bir pasda  anchagina yong‘oq topdi. Yong‘oqlar katta-kichik, har xil edi. Ularni bir nechtasini tosh bilan chaqib, chaynab ko‘rdi-yu, darov tufladi.   -Vuuy, buncha taxir bo‘lmasa bular. Qarg‘a ham bekorga tashlab ketmagan ekan-da. Taxir bo‘lgani uchun yemagan. Bobo nabirasining gapiga kuldi.   -Unday emas. Yong‘oqlar qor, yomg‘ir ostida qolib nam tortgan.Shundan mazasi  o‘zgarib,taxir bo‘lib qolgan. Mansurjonning yuzi burishdi.   -Yeyishga yaroqsiz ekan. Axlat qutiga tashlash kerak.   -Tashlab yuborsak uvol bo‘ladi. Yaxshisi yong‘oqlarni yerga ko‘mib qo‘yamiz. Bahorda ular unib  chiqadi.    -Shuncha yong‘oq ko‘chatni nima qilamiz. Hovlimizda mevali daraxtlar ko‘p bo‘lsa, uni qayerga ekamiz? Bobosi Mansurjonni boshini silab javob berdi.   -Unib  chiqaversin. Ekishga joy topiladi. Bobosi bog‘ etagiga chuqurchalar qazidi. Mansurjon yana anchagina yong‘oq topdi, ularni  chuqurchaga tartib bilan tashlab chiqdi.   Bahor kelib kunlar isiy boshladi. Daraxtlar tagini yumshatayotgan bobosiga choy olib kelgan Mansurjonning esiga nimadir tushdi.Bog‘ etagiga yugurib ketdi.So‘ng turgan joyida sakray boshladi.   -Ureye! Bobojon qarang, biz ekkan yong‘oqlar unib chiqibdi. Mansurjon shosha-pisha ko‘chatlarni sanay boshladi. Bir, ikki, uch... Uchta kam. Yigirma bitta ekkandik. O‘n sakkizta chiqibdi. Mansurjon bobosining qo‘lidan tortib ko‘chatlar oldiga olib keldi.   -Shuncha ko‘chat. Qarang bobojon,xuddi askarlarday safda tizilib turibdi. Endi bularni qayerga ekamiz?Bobo ko‘chatlarni avaylab ushlab ko‘rdi.   -Hali bu ko‘chatlar ancha yosh. Ular yaxshilab tomir otsin. Kelasi yil ekamiz. Ungacha sen ularni parvarish qilasan.   Mansurjon ko‘chatlarni tagini yumshatdi, tez-tez suv quydi. Kelasi yili ko‘chatlar ancha bo‘y cho‘zdi. Fevralning oxirlarida bobosi bilan  ko‘chatlarni qazib olishdi. Ularni dalaga, ariqlar chetiga olib borib ekishdi.Mansurjon ko‘chatlarni nega dalaga ekishganiga hech tushina olmadi.   -Bobojon bu yer dala bo‘lsa. Odamlar yong‘oqlarimiz hosilga kirganda terib ketadi-yu. Bobosi Mansurjonning gapiga kulib javob berdi.   -Yong‘oq ko‘chatlarini dalada ishlab, charchagan odamlar soyasida dam olishi, ularning mevasidan baxramand bo‘lishi uchun ekyapmiz.Biz hosilni terib ketmaymiz bolam. Ular hammaniki. Yong‘oqlarni qarg‘alar terib bizga olib bordi.Ularni ekdik.Axir bu ko‘chatlar qarg‘alarning tuhfasi edi-ku. Endi biz ularni odamlarga tuhfa etamiz.   Muhayyo O‘roqova @guncha_jurnali
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily