View in Telegram
Qizim, senga bu dunyoni Bir boshidan tanishtiray. Dalalari, kengliklari, tog' - toshidan tanishtiray. Bir kun kelib shodliklarni Oʻrgatadi senga hayot. Senga birov oʻrgatmasdan, Koʻz yoshidan tanishtiray. Tanishtiray oq-u qora, Sariq - qizil, turfa olam. Lek ranglarga parvo qilmay Yashash elning urfi, bolam. Tanishtiray yuragining Borligini unutganni. Har odamga yolgʻiz Xudo Yorligini unutganni. Tanishtiray qushlarning ham Oʻz tili, o'z ini bordir. Bu dunyoda tilning emas, Yuraklarning dini bordir. Tanishtiray kengliklarni, Mana senga hayot, qizim! Torlik qilsa shunda ham yer, Yuragingda najot, qizim. Tanishtiray eshigingdan Yaxshi - yomon kelaverar. Xudo degin, shunda ruhing, Doim omon qolaverar. Bu odamlar mudom: Hayot sinov deya,  uqtiradi. Sekin - asta yuragining Vahimasin yuqtiradi. Bari yolgʻon, hayot senga, Uygʻoq boʻlish uchun muddat. Yuragingni pok pokiza, Saqlab qolish uchun fursat. Tanishtiray toʻkinlik bor, Lek ungacha sekinlik bor. Bu dunyoga solgin quloq Sukunat bor, sokinlik bor. Tanishtiray atrofingda Hamma toʻkis, donish qizim. Aytarlarki: " Ayol zotin Qismati bu - ko'nish, qizim". Yo'q xatodir, ko'ngan bilan Kimning baxti tingan, qizim?! Sen palahmon toshi emas, Palahmonlar singan, qizim. Tosh qotmagin, tosh otmagin, Ishqsiz dilda nish otmagin. Ko'rmaganim sen ko'r, bolam, Ko'rguligim hech ko'rmagin. Qaro ko'zim, xuddi o'zim, Shakar- qandim, non-u tuzim. Kelgin, senga bu dunyoni Tanishtiray jonim, qizim.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily