View in Telegram
"Ketsang ketaver yorim, Ketsang nima parvoyim" Ketma, desam ketganni, Omon qilsin Xudoyim. Mendan oson kechganni, Yolgʻon qasam ichganni, Men haqimda boshqaning, Igʻvosiga uchganni, Koʻnglimni bilmaganni, Koʻzyoshim koʻrmaganni, Unga muhtoj chogʻimda, Yonimga kelmaganni. Yoniga borganining, Mehrini topmaganni, Tamom boshqa ko'zlardan, Koʻzimni izlaganni, Dardlariga shifoni, O'zi bersin iloyim! Ketsa ketsiney yorim, Ketsa nima parvoyim. Peshonasi devorga, Tekkanlarga sherikman. Yonimdan ketib ko'zyosh, To'kkanlarga sheriksan. Ketish, Qochish, Bitta so'z. Lekin dardi mingta so'z. Yoʻq, oqlama oʻzingni, Kelsak bir kun yuzma yuz. Sen ketgan kun yaxshimdan, Ayrildim deb oʻylovdim. Bu dunyoning yoʻlida, Toyrildim deb oʻylovdim. Ortga boqsam g'ururim, Chil chil sinmasin devdim. Chil chil edi yuragim, Birov bilmasin devdim. Hayot bir osh berganda, Ming tosh beradi devdim. Ayol hamma ogʻriqqa, Bardosh beradi devdim. Ketsang ketaver devdim, Ich etginamni yevdim. Meni ming bor sevdilar, Men-chi bir bora sevdim. Ketsang ketaver devdim... Hayot - ming bitta yolg'on, Ketish - eng katta yolgʻon. Ketganlarning bir kuni, Qaytishi tayin, ishon. Shul sabab eshiklarni, Yopdim degan aldaydi. Qadrimdan kechib ishqim, Topdim degan aldaydi. Dunyo shunday aldaydi, Hamma tinmay aldaydi. Lekin ming hayron qoldim, Sevmay qanday aldaydi. Ketish - tanlov, Qolish - ahd. Balki ahdim xatoyim. Sen ketishni tanlading, Ketsang nima parvoyim. Ketsang ketaver yorim!
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily