"Hilol-Nashr"dan nega ketdim?
Kamina 2018-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh asos solgan "Hilol-Nashr" nashriyotida musahhih bo'lib ishga kirganman. Bu yerdagi 3 yillik faoliyatimda Shayx hazratlarining o'nlab kitoblarining imloviy xatolarini tuzatdim.
Biz — tahririyat bo'limi xodimlari juda izzat-ikromda edik. Ishimiz juda mas'uliyatli bo'lgani sababli bizdan faqat sifat talab qilinar, yaxshi sharoit hozirlangan edi. Hatto ish vaqtida dam olib ishlashga, dam olish kunlarida ham uyda ish qilmaslikka chaqirar edilar. Vaqti-vaqti bilan — qish va yozda dam olishga dala hovliga olib chiqar edilar.
Ish vaqtida ham xonada yengil tamaddi qilib olar, kofe ichar, namoz vaqtlari masjidga chiqar edik. Tushlik ishxonamizning oshxonasida bo'lar va biz "erkatoy" xodimlar ovqat tanlar edik. Hatto ovqatlari ma'qul bo'lmagan bir oshpazni bizning shikoyatimiz bilan ishdan bo'shatishgan.
Mus'haf, tafsir, "Oltin silsila" kabi zalvorli kitoblar nashr qilinganda alohida ziyofat va mukofot puli berilar edi.
Charchaganimizda ishxonada biroz uxlab olish imkonimiz ham bor edi. Rahbarimiz buni ko'rib, e'tiroz qilmas edilar. Hatto ishimiz bo'lmasa, o'z ishimizni qilishimiz mumkin edi. Shuncha imkoniyatlar bo'lishiga qaramay, men 2021-yilda ishdan bo'shadim. Sababi erkin ijodkor bo'lib, ilm o'rganib, kitoblar yozib xizmat qilishni niyat qilgan edim...
#Ijod
@GiyosiddinYusuf