View in Telegram
Farzandlarimizda yaxshi xulqlarni shakllantirish Xulq – insonning ichki dunyosi, tarbiyasi va boshqalar bilan muloqotini ifodalovchi xatti-harakatlar majmuidir. Yaxshi xulq odob, muomala madaniyati, boshqalar bilan samimiy va hurmatga asoslangan munosabatda bo‘lishni o‘z ichiga oladi. Farzandlarimizda rostgo'ylik, omonatdorlik, va'daga vafo, mehnatkashlik, halollik, sabr kabi go'zal xulqlarni shakllantirishimiz kerak. Yaxshi xulqlarni shakllantirishning samarali usullari:Go'zal o‘rnak bo‘ling. Bolalar ko‘proq ko‘rganlarini o‘rganadi. O‘zingizda o‘sha fazilatlarni namoyon eting. • Qoidalarga amal qilishni o‘rgating. Oilada aniq qoidalar belgilab, ularga rioya qilishni bolalarga tushuntiring. • E’tirof va mukofotlash. Farzandingizning yaxshi xulqlarini ko'rib, ularni e’tirof eting va rag‘batlantiring. • Odobdan saboq bering. Farzandlaringizga salomlashish, minnatdorchilik bildirish kabi oddiy odoblarni o‘rgating. • Kitoblar o‘qib bering. Go'zal xulqlar haqidagi hikoyalar va ertaklar bolalarga ijobiy ta'sir qiladi. Bolalarni go'zal xulqli qilsih vaqt va mehnat talab etadi. Ammo bu tarbiya farzandingizning kelajakda muvaffaqiyatli va hurmatli inson bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Xulq-odob har bir ota-onaning bolasi uchun qoldiradigan eng qimmatli merosidir. #tarbiya @GiyosiddinYusuf
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily