View in Telegram
"Kundalik odoblar"ning ta’siri Assalomu alaykum, ustoz! Sizning “Kundalik odoblar” kitobingizning audio shaklini farzandlarim bilan tingladik. Mening ikki nafar farzandim bor: biri 4 yoshda, ikkinchisi 3 yoshda. Audiokitobni tinglash davomida nafaqat farzandlarim, balki o‘zim ham ko‘plab bilimlarga ega bo‘ldim. Ayniqsa, “Ustozga ehtirom” mavzusi meni juda ta’sirlantirdi. Zero, o‘zim ham shu sohada faoliyat yuritib kelmoqdaman. Ish tajribamdan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni nafaqat bolalar, balki ota-onalar ham o‘qishlari kerak deb hisoblayman. Farzandlarim audiokitobdagi so‘zlarni ortingizdan qaytarib boradi: “Ayajon, assalomu alaykum”, deb gaplashadi. “Ayajon, bolajonlar”, “Ayajon, qo‘lingizni yuving”, deya atrofimda yugurishadi. Hozirda bu kitobga yosh bo‘lganimiz sababli unga to‘liq amal qila olmayotgan bo‘lsak-da, kitobni quloq solib eshitish farzandlarimning ongida qolishiga umidvorman. Barcha ota-onalarga ushbu kitobni mutolaa qilishni tavsiya qilaman. Hurmat bilan, Ergasheva Ma’mura 🎙Audiokitobni xarid qilish 💾 Qogo'oz shaklini xarid qilish #kitob #taqriz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily