Payshanba Jismoniy tarbiya va sport kuni
Ertalabki badantarbiya - nafaqat jismoniy salomatlik garovi, balki insonning ruhiyati va kayfiyatini ko‘taruvchi, kunni yangi kuch-quvvat va ishtiyoq bilan boshlashga turtki beruvchi muhim vosita. Bu, shubhasiz, oiladagi xotirjamlik, mehnat jamoalarida esa foydali ish koeffisientining keskin oshishida ham o‘z aksini topadi
Erta tongdan G‘allaorol tumanidagi 1-son Sport maktabi ishchi xodimlari, Milliy gvardiya tuman qo‘riqlash bo‘limi xodimlari, yaqin atrofdagi hududlarda yashovchi aholi, ayniqsa, yoshlar ishtirokida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish qator kasalliklarning oldini oladi, bu esa mamlakatdagi bemorlar sonini kamaytirib, uzoq umr ko‘rsatkichlarini oshiradi.
"Unutmang! Jismoniy tarbiya va sport salomatligingizni yaxshilash yo‘lida xizmat qiladi"
https://t.center/GALLAOROL_sport