📌Ayni kunlarda Farg'ona viloyatida
“Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oyligi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan
Soliq xizmati xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
📌Mazkur oylik doirasida
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham shahardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning oftalmolog, kardiolog, nevropatolog, terapevt, xirurg, travmatolog, dermatolog kabi mutaxassislari tomonidan to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
📌Tadbir davomida soliq xizmati xodimlari 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlanganda xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilishi tushuntirildi. Shuningdek, xodimlar sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan.
Каnalga obuna bo'lish uchun 🛫 @Ferganaargos