⚡️ Farg'onada profilaktik o‘quv-seminar tashkil etildi.
💳 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan Ahmad Farg‘oniy nomidagi kutubxonasining majlislar zalida davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish, yuridik xizmat (yuriskonsult) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish (komplaens nazorat) bo‘limi rahbarlari mas’ullari ishtirokida profilaktik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
💳Davlat fuqarolik xizmatida mas’ul bo‘linmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda
manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish uslublari, davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tashkil qilishdagi ayrim muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari
Davlat fuqarolik xizmatida mas’ul bo‘linmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish uslublari kabi bir qator dolzarb masalalarda ma'ruzalar va amaliy mashg'ulotlar o'tkazildi.
Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar oldilar.
Каnalga obuna bo'lish uchun 🛫 @Ferganaargos