View in Telegram
Hayot falsafasi
🍃
UMR Tanishdilar… Sevishdilar… Turmush qurdilar… Farzand ko’rdilar… To’ng’ichi nimjonroq edi. Kasal bo’lib, ko’p kuydirdi… O’rtanchasi o’yinqaroq edi… Qamalib chiqdi… Kenjasi qiz edi… Erkaroq o’sdi. Turmushi buzildi… Bir kuni erkak kechasi uyg’onib ketdi. Uzoq o’y o’ylab yotdi. Qarasa, ayoli ham uyg’oq ekan. - Onasi,- dedi. - Dunyoga kelib nima ko’rdik o’zi? - Bilmasam, - dedi ayoli xo’rsinib… ..Bobotoqqa borganimda qurib qolgan ikkita daraxtni ko’rgandim. Ikkalasi bir-biriga suyani-i-ib turardi...
©
Oʻtkir Hoshimov
@falsafasi_hayot
🍃
Share
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily
Start