🌿 Payg‘ambar alayhissalomning qizlari hazrati Fotima bir kuni kasal bo‘lib qoldi. Negadir ko‘ngli anor tusadi. Buni eri - hazrati Aliga aytdi. Hazrati Ali bozorga chiqib, bir dona anor sotib oldilar. Chunki pullari faqat bittagina anorga yetdi.
Bozordan qaytayotsalar, yo‘lda tilanchi uchrab, qo‘llaridagi anorni so‘radi. Iymon va hayolari qo‘ymay, anorni ikkiga bo‘lib, yarmini gadoga berdilar. Tilanchi xursand bo‘ldi. Uyga kelib, hazrati Ali anorning yarmini ayollariga berdilar va uzr so‘radilar. Hazrati Fotima uzrni qabul qilib:
- Alloh sizdan rozi bo‘lsin, ajr-mukofot bersin, - dedi.
Oradan hech qancha fursat o‘tmagan ham ediki, eshik taqillab qoldi. Hazrati Ali ochib qarasalar, eshik oldida Salmon Forsiy turibdilar. Qo‘llaridagi idishda to‘qqiz dona anor.
- Bu anorlarni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam berib yubordilar, - dedilar Salmon.
- Bo‘lishi mumkin emas, agar Rasululloh berib yuborganlarida o‘n dona bo‘lishi kerak edi. Chunki Alloh bir yaxshilikka o‘n yaxshilik beriladi, degan.
Shunda Salmon Forsiy cho‘ntaklaridan o‘ninchi anorni chiqarib:
- Barakot uchun olib qolgan edim, - dedilar.
@falsafasi_hayot🍃