Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy kanali
📞Ishonch tel.: 71 208 10 15
📧 evuzenergoinspeksiya@umail.uz
🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/uzenergoinspeksiya
Manzil: Yashnobod tumani, Istiqbol 21-uy
Ruxsat etilgan quvvati 50 kVt va undan ortiqni tashkil etgan barcha iste’molchilar (maishiy iste’molchilardan tashqari)quyidagilarga majbur:
🤩reaktiv energiyani kompensatsiyalovchi qurilmalarni o‘rnatishga va ushbu qurilmalarni soz holatda ishlab turishini ta’minlash;
🤩 ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar birligiga sarflanadigan elektr energiyasining belgilangan me’yorlardan oshmaslik;
🤩 qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda majburiy energetika tekshiruvi (energoaudit) va ekspertizani o‘tkazish;
🤩 ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar birligiga sarflanadigan elektr energiyasi me’yorlari ta’minlanishi uchun yillik elektr energiyasini iqtisod qilish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqilishi va ularning bajarilishini ta’minlashi lozim.
Qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida hududlardagi transformator punktlarida me’yoridan ortiq qizish holatlarini aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklar amalga oshirilmoqda.