View in Telegram
Forwarded from Muhim podcastlar
Oʻrgating! Har qanday olgan bilimingizni ulashishga, oʻrgatishga harakat qilavering. U mendan o'zib ketadi, bilimli boʻlib ketadi, deb qoʻrqmang, hech qachon. Oʻrgatgan saringiz siz bilimli boʻlib borasiz, siz kuchayasiz. Oʻrgatishdan oladigan foydalaringiz: 1. Ilm ulashish savobli ish, niyatni toʻgʻri qilsangiz kifoya, ajr-u savoblarni "qoplab" olaverasiz! 2. Ilm oʻrgatgan insoningizda sizga nisbatan iliqlik, hurmat paydo boʻladi. Doʻstlaringiz soni ortadi. 3. Oʻrgatish orqali takrorlaysiz. Oʻrgatish davomida miyangiz maʼlumotlarni avtomatik ravishda soddalashtiradi va bu oʻzingizning ham xotirangizda yaxshi saqlanib qolishida yordam beradi. 4. Oʻzingiz bilgan eng sara bilimlarni ulashish qalbingizni yumshatadi, undagi yomon sifatlar: hasad, baxillik, qizgʻonchiqlik kabilarni yoʻqotadi. Aksincha, saxiylik, mehribonlik, do'stonalik kabi hislatlarni shakllantiradi 5. Xotirjamlik his qilasiz. Vaqtni behudaga sarflamaganingiz, bilganingizni o'rgatganingiz, oʻzingizga ravo koʻrganingizni birodaringizga ravo ko'rganligingiz uchun ham qalbingiz taskin topadi. Bitta nozik joyi: "Men ilm oʻrgatishga haqlimanmi? Oʻzim hali bu fanni yaxshi bilmaymanku" degan fikrlar boʻlishi mumkin. Ammo shuni yodda tutingki, siz oʻrgatayotgan insoningizni qaysidir sohada komil qilishni bo'yningizga olmayapsiz, buni u ham biladi. Shunchaki, bitta mavzuni yaxshiroq o'zlashtirdingiz undan sal koʻproq bilasiz, boʻldi tamom, o'rgatavering! Zero, Abdulloh ibn Muborak: "Ilmning dastlabki manfaati - bir-biriga oʻrgatishdir" deganlar. @podcastlar2
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily