Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va uning o‘rinbosarlari oylik maoshlari haqida asoslanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu esa jamoatchilikda noto’g’ri fikrlar shakllanishi, vazirlik jamoasiga nisbatan asossiz e’tirozlarni yuzaga keltirmoqda.
Vazirlik rahbariyatining oylik maoshi deb talqin etilayotgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligini qayd etib, hurmatli jurnalist va blogerlardan asoslanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.
Eslatib o’tamiz, qonunchilikda noto‘g‘ri axborot tarqatganlik uchun tegishli javobgarlik belgilangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jurnalist va blogerlar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlikka tayyor.