Muvaffaqiyatga erisha olmasligingizni 5 sababi
1. Badavlat insonlarni faqat bugungi natijasini koʻrasiz. Xatolari, yutqazgan vaziyatlari sizni qiziqtirmaydi.
2. Buyuk insonlar boy oiladan yetishib chiqadi. Oddiy insonlar oylik kutib yashashga mahkum, buni oʻzgartirib boʻlmaydi.
3. Kambagʻal oilalardan chiqqan omadli insonlar boshiga osmondan «baxt qushi» qoʻngan. Bir kun kelib bu men bilan ham sodir boʻladi.
4. Pul yetishmovchiligida davlat siyosatini ayblaysiz. Hukumat yaxshi ish topib berishga majbur deb bilasiz.
5. Zamonamizda hamma yaxshi ishlar band qilib boʻlingan, notoʻgʻri joyda, vaqtda yoki oilada tugʻilganman.
Shunday fikrlasangiz, katta ehtimol bilan hech qanday super natijaga erisha olmaysiz. Tushunchalaringiz sizning xulosalaringiz xolos. Kimdir qila olgan ishni siz ham qila olasiz, hali qilmagan boʻlsa birinchi boʻlish imkoniyati bor.
Modul5 loyihasining rasmiy sahifalari
👇
Telegram |
Instagram |
Facebook |
YouTube |
TikTok