Qiz bola motivatsiyaga loyiq emasmi?
Oʻgʻil tugʻilishi oilada katta quvonch bilan qarshi olinadi. Ota-onalar bor kuch mablagʻlarini, yaxshi gaplarni bolaning «katta odam» boʻlishi yoʻlida sarflaydi. Qiz boladan hech qanday manfaat tegmagani, «tinch koʻmilib» yashashi yetarli boʻlgani uchun kelajagi hech kimni xavotirga solmaydi.
Aslida qiz bola ham maqtovlarga, kelajakka ishonch ruhida tarbiyalanishga muhtoj. Har bir qiz oilada oʻz oʻrniga ega qilib tarbiyalansa, shirin soʻz eshitish uchun oʻzini qurbon qilmaydi. Tafakkur va tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻladi.
Millat ayol va erkak kuchini tenglashtirib rivojlanmaydi. Ularga munosib vazifa topshirib yuksaladi. Qizlarni ilm olishi, oʻrganishi sizga hech qachon malol kelmasin. Ayol ilmli boʻlgan hurmat qilingan jamiyat oʻsadi. Vatan koriga yaraydigan buyuk farzandlar dunyoga keladi.
Manfaatli boʻlsa, yaqinlaringizga ulashishni unutmang!
Obuna boʻling: @Modul_five