View in Telegram
Ilm hijroni (4-qism) Har kuni eslarman tinch qoʻymas yoding Musibat yetganda zoʻr berar tafti Senku oson erishding oson hayotga Bizdachi, umrimiz qiyin boshlandi... Yoshlikda berildi eng zoʻr ilmlar Goʻzal sharoitda kamolga yetding Bizgachi, ozgina yetmadi omad Johillik sababdan zavolga ketdik Endichi, oʻraydi, musibat qahri Jaholat sababdan xatolar haqqi "Qaniydi, bilsaydim, qilmasdim shuni!" Endi pushaymonim boʻlar achitqi... Azob bilan ishim bitsa qaniydi Ustiga qoʻshilar havas hayoting Sen baxtli yasharsan, men-chi bu yoqda... Hijron-u azobda qovurar yoding Gohida soʻrarman, koʻrdim ham nega Qaydan ham tanidim, yoʻliqdim senga Bu dunyoda borligingning oʻzi dard menga! Balki koʻrmaganim yaxshiroqmidi... Mayli baxtli yasha, davroning surgin Neʼmating shukrin qil, olgin koʻp foyda Senga xayr ekan shu oson yoshlik Bizning-chi, imtihon sal qiyin joyda... Bilaman, ajrdir har olgan dardim Bilaman, xayrdir yetgan har bir ish Goʻzal hikmat ila tanlaydi Robbim Bizni buyuk qilar bitilgan kechmish Bizni buyuk qilar har bir lahzamiz Gar Alloh kutgandek etsak itoat Kimgadir koʻp - xayrdir, kimgadir ozi Haqni izlaganga ochilar hikmat... Noumid boʻlmoqqa hech ham hojat yoʻq Niyatga qaralib, berilgan ajr Kim niyat qilsayu, garchi yetmasa Xuddi yetilgandek etilar qadr Endi sinovimdir, qilmoq matonat Garchi qiynasa-da, hadsiz musibat Yoshlikda yetmagan ulugʻ neʼmatga Yetmoq uchun endi - etmoq harakat... Mayli, neʼmatlaring ziyoda boʻlsin Alloh uchun sevdim, gard koʻrmay yasha! Mayli balki boʻlmasak shu dunyoda biz Qiyomatda boʻlarmiz shoyad bir safda... @Azizbek_Zubaydullayev
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily