View in Telegram
Oʻtinch (2-qism) Vaqt oʻtar, qiynalarman yuragim muzda Bilmam neni kutarman, nelarni koʻzlab Endi yoʻq imkonimdan bir umid izlab Qaytmas tanlovimga boqarman takror... Boqarman men unga...dil tigʻlamoqqa Yoʻqotgan baxtimga bir boʻylamoqqa "Men boʻlishim mumkin edi!" deb soʻylamoqqa Endi pushaymondan yoʻqdir biror kor... Niyatim sofmasmidi, bahona qilsam Toʻsiqdan yengildim, men ahmoq boʻlsam Qanday goʻzal boʻlardi, sobit turolsam "Nega ham yoʻl olding, bormasang bekor?..." Vaqt oʻtar, qiynalarman... Ey Alloh, osondir Senga qiyinlar Topilar buyursang mahol imkonlar Bergin bir moʻjiza, qaytsin bahorlar! Yana rahmatingga muhtojman bir bor... Ey Alloh, istarman, Sendan yagona Afv-u, rahmatingdan kutarman zora Duo-yu, tavba-la soʻrayin yona Hojatim roʻyob et, ey hojatbaror... Aytmasman, haqli edim ushbu neʼmatga Demasman loyiqmasdi u mukofotga Lekin men qanday chiday bu musibatga! Bu gʻamdan chiqargin, boʻlgin xaloskor... Bilaman, xayr bor har bir ishingda Bilaman, ayb qildim sening qarshingda Lek umid qilarman, rizq berishingda Olmassan, bermasang undan fazldor... Bilaman, boʻlmadim imkonga shokir Bilaman bormadim niyatga sobir Lek bilarman, Oʻzingsan - Hakiym-u Gʻofir Niyatni solmassan, etmasang haqdor... Umid ila kutarman, fazlingdan istab Iloji yoʻq mushkulga bir chora izlab Sendan najot soʻrayin, ey Rohiym, ey Rabb! Goʻzal yechim bergin, etgin farahdor... Umid ila kutarman... @Azizbek_Zubaydullayev‌‌
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily