🛑SO‘Z TURKUMLARI
🛑So'zlarni turkumlarga ajratishda quyidagilarga e'tibor beramiz:
1️⃣ Atash ma'no (leksik ma'no) yoki grammatik ma'noga ega ekanligiga qaraymiz.
2️⃣ Ma'lum so'roqqa javob bo'lish-bo'lmasligiga qaraymiz
3️⃣ Biror gap bo'lagi vazifasida kelish-kelmasligi
Shunga ko‘ra so'z turkumlar 3 guruhga bo'linadi:
📗 Mustaqil so'z turkumlari
📕Yordamchi so'z turkumlari
📒Oraliq so'z turkumlari (undov, modal, taqlid)
1) Mustaqil so'zlar – ma'lum so'roqqa javob bo'ladi
✅, atash ma'nosi va grammatik ma'noga ega bo'ladi
✅ (ot, sifat, son, fe'l, olmosh, ravish), gapda mustaqil ravishda biron gap bo'lagi sifatida kela oladi
✅.
2) Yordamchi so'zlar – ma'lum so'roqqa javob bo'lmaydi
❌, atash ma'nosiga ega emas
❌(faqat grammatik ma'noga ega), o'zidan oldingi so'zga grammatik shakl sifatida qo'shiladi, lekin ular bilan bir lug'aviy urg'u ostida birlashadi (bog'lovchi, ko'makchi, yuklama), ya'ni mustaqil ravishda gap bo'lagi vazifasida kelmaydi
❌ 3) Mustaqil so'zlarga ham yordamchi so'zlarga ham kirmaydigan, lekin ularning har ikkalasiga xos belgilarni o'zida ma'lum darajada aks ettiradigan oraliq so'z turkumlari ham bor:
📌Undov - so'rog'i
❌ atash ma'nosi
❌ gapda kirish so'z sifatida keladi
✅ (otlashishi ham mumkin)
Taqlid - so'rog'i
✅ atash ma'nosi
❌ gapda gap bo'lagi sifatida kela oladi
✅Modal - so'rog'i
❌ atash ma'nosi
❌ gapda biron gap bo'lagi sifatida kela oladi
✅https://t.center/Attestatsiya_tayyorlovhttps://t.center/Attestatsiya_tayyorlovhttps://t.center/Attestatsiya_tayyorlov