Ustozlar nasihatiHaqiqiy tolibi ilmning ustozdan
eshitganlaridan ko‘ra
o‘qiganlari doimo ko‘proq bo‘lishi zarur.
Izoh:
1. Ustozlar izlanish
kalitlari va uslublarini o‘rgatadilar. Ilm ufqlarini kengroq kashf etish talabaning himmatiga bog‘liq.
2. Darsda ustoz aytgan har
bir istiloh, hukm, masala va mavzuning tafsilotlarini o‘z saviyamizga mos qo‘shimcha manbalardan o‘rganishimiz zarur.
3. Ilm bu ko‘p ma‘lumot bilish emas. Balki, har bir narsaning
haqiqatiga yetib borish, o‘xshashlarini jamlash va farqlilarini ajratishdir.
Alloh taolo foydali ilm bersin!
@Aqoid_asoslari