View in Telegram
Sarhisob òrnida O’tgan 2024-yilni tahlil qilishga yil so’ngida ko’p vaqtim bo’ldi. Butun yilni stressda yashagan bo’lsam, kutganimga zid so’ngi biroz xotirjamlik bilan kechdi. Bunda o’tgan yilda turib bergan, 2025 ga tirik yetib kelgan O’zimdan chin dildan minnatdorman! Xatolari tajriba berdi, yutuqlari o’ziga ishonch berdi - xullas, shunchaki kun kechirmadim. 2024-yil uchun tuzilgan reja 90 foizga bajarildi, amalga oshdi. “Bo’lmaganlari” menga bog’liq bòlmadi. Xudoning menga berganiga shukur, bermaganlarida bir xayr kòrdim. O’tgan yilda ko’plab nashrlarda yozganlarim bosildi, e’lon qilindi, tv ko’rsatuv, eshittirish, podkastlarda mehmon bo’ldim, “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotini oldim, yozuvchilar uyushmasiga a’zo bo’ldim, Izlam to’plamida “Qirq birinchi kun” kitobim chiqdi, attestatsiyadan o’tib 2-toifali pedagog bo’ldim, Milliyda magistraturada o’qishni boshladim, deyarli hamma viloyatlarda va bitta chet davlatida sayohatda bo’ldim, juda ko’p yaxshi do’stlar orttirdim, odamlarni tanidim, ular meni tanishdi, o’rgandim, o’rgattim - o’z-o’zimdan qoniqish topdim. (Qisqa muddatga bo’lsada) Bu yil og’ir o’tdi. O’zimdan o’tganini o’zim bildim. Lekin faqat natijaga qarab yurdim, ichimga qochib berkinmadim, hech kim va hech nimadan qo’rqmadim. Boshimga sinov kelganida men yaqinlarim deb hisoblaganlarim asil yuzini ko’rsatdi va shu bahona atrofimdagilarni bir elakdan o’tkazib saralab oldim. Bu juda muhim kerakli jarayon men sizlarga aytsam. Men kuchliroq bo’ldim, jamiyatda nimanidir òzgartira olishimga ishonch uyĝondi, hayotimda oilam va men qurajak oila eng muhim asos ekanligiga amin bo’ldim, o’zligimni saqlab qolish uchun kurashda yutib chiqdim. Yo’qotganlarim ko’p bo’ldi, o’xshamagan, umidlarim o’zini oqlamagan ishlar o’tdi. Qadrsizlikning achchiq ta’mini totdim. Lekin, hozirgi kuchni his etishim uchun yana shu og’riqlarni yashash kerak bo’lsa, ikkilanmay yashab o’tardim. Asosiysi achinmayapman hech biriga. Men to’g’ri yashadim.
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily