View in Telegram
Bilasizlar fbni bir yil avvalgi postlarni eslatadigan yoqimli funksiyasi bor. U menga bir yil avvalgi yozuvchilar uyushmasida bòlib òtgan birinchi kitobim taqdimotini eslatdi. Unga meni tabriklagani ammajonlarim, katatam (dadamning katta akasi), katatamning qizi Nargiza opamlar kelgan edi. Juda xursand bòlgan edim, kutmagandim kelishlarini... Ming afsuski, shu suratda sizlar kòrib turgan katatam bugun oramizda yòq. Oilamizning boshi edi, birlashtirib, yiĝib, yòl-yòriq kòrsatib, yordam berib turardi, mehribon, halim, yaxshi odam edi. Hammamizni òqishga, oilamizga munosib yashashga ruhlantirib turardi... Yangi yilga har kim òzicha rejalar tuzib qòyadi, kimdir esa yòq, shunchaki oqimga òzini tashlab qòyadi. Har ikki holatdayam atrofingizdagi odamlarni òlishi mumkinligi, qayta kòrmasligingiz mumkinligi, nimagadir ulgurishingiz kerakligi yodingizda tursin. Yillik rejaga diydorlarni qòshing. Oxiratingiz obod bòlsin katata, siz yaxshi yashadingiz🤲
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily