Ochiq derazadan tetiklantiradigan sovuq va toza havo kirib turibdi, qushlar shovqini, qayerdandir futbol òynayotgan bolalarning ovozi kelyapti, uyda hech kim yòq, yolĝizsan, tinchlik va qalbingda kuchli oĝriq. Yozish uchun qulay bunday ideal va baxtli soatlar juda-juda kam bòladi.