7-sinf jahon tarixi darsligida nomlari keltirilgan janglar va ularning izohlari
1. Puate jangi - 732-yilda bo'lgan. Franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo'yadi.
2. Bavariyaning Lex daryosi bo'yidagi jang - 955-yilda bo'lgan. Otton I vengerlarni mag'lubiyatga uchratgan.
3. Gastings jangi - 1066-yilda Normandiya gersogi Vilgelm I Angliya qiroli Garold ustidan g'alaba qozongan.
4. Mansikert jangi - 1071-yilda bo'lgan. Saljuqiylar sultoni Alp Arslon Vizantiya imperatori Roman IV Diogen ustidan g'alaba qozongan.
5. Lenyano jangi - 1176-yilda bo'lgan. Milan boshchiligidagi Liga qo'shini Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa ustidan g'alaba qozongan.
6. Kalka daryosi bo'yidagi jang - 1223-yilda Dashti Qipchoqda bo'lgan. Mo'g'ullar ruslar va qipchoqlar ustidan g'alaba qozongan.
7. Neva daryosi bo'yidagi jang - 1240-yil 15-iyulda bo'lgan. Aleksandr Yaroslavich shvedlar ustidan g'alaba qozongan.
8. Muz ustidagi jang - 1242-yil 5-aprelda Chud ko'li ustida bo'lgan. Unda Aleksandr Nevskiy nemislar ustidan g'alaba qozongan.
9. Kresi jangi - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1346-yilda sodir bo'lgan. Inglizlar fransuzlar ustidan g'alaba qozongan.
10. Puate jangi - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1356-yilda sodir bo'lgan. Ikki baravar ko'p bo'lgan fransuz qo'shini inglizlarga mag'lub bo'lgan. Fransiya qiroli Ioann Saxiy va o'g'li Filipp ingliz qiroli Eduardga asirga tushadi.
11. Voje daryosi bo'yidagi jang - 1378-yilda sodir bo'lgan. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich mo'g'ullar ustidan dastlabki g'alabaga erishadi.
12. Kulikovo jangi - 1380-yilda bo'lib o'tgan. Moskva knyazi Dmitriy Ivanovich Don daryosi sohilidagi Kulikovo maydonida Oltin O'rda tumanboshisi Mamay ustidan g'alaba qozongan.
13. Qunduzcha jangi - 1391-yilda sodir bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur Oltin O'rda ustidan g'alaba qozongan.
14. Tarak daryosi bo'yidagi jang - 1395-yilda Shimoli Kavkazdagi Tarak daryosi bo'yida bo'lib o'tgan. Amir Temur Oltin O'rda xoni To'xtamishxon ustidan g'alaba qozongan.
15. Anqara jangi - 1402-yil 20-iyul sanasida Anqara yaqinidagi Chubuk mavzeyida sodir bo'lgan. Amir Temur Turkiya hukmdori Sulton Boyazid ustidan g'alaba qozongan.
16. Azenkur jangi - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1415-yil kuzda sodir bo'lgan. Fransuzlar inglizlarga mag'lub bo'lgan. Fransiyaning yarmi Angliyaga o'tib ketadi.
17. Kompen qal'asi uchun jang - Yuz yillik urushdagi janglardan biri. 1430-yilda sodir bo'lgan. Janna d'Ark burgundlar tomonidan asirga olinib, inglizlarga topshiriladi.
18. Bosvort yaqinidagi jang - Angliyada "Qizil va oq gullar urushi"dagi jang. 1485-yilda sodir bo'lgan. Jang yakuniga ko'ra Genrix VII Tyudor Angliya taxtiga o'tiradi.