View in Telegram
📃TAQSIR📃 Taqsir san'ati shoirning o'zini uquvsiz, gunohkor, kam bilimli, qobiliyatsiz qilib ko'rsatish usulidir: Taqsir san'ati mohiyatidan va shu san'atning she'rdagi xizmatidan xabardor kitobxon shoir tavozesiga oʻta kamtarligiga qoyil qoladi. Masalan, Darig'o, Furqatiy, beilm qoldim, O'zimni jahl zindonig'a soldim. Ushbu baytda Furqat o'zini ilmsiz ekanligini ta'kidlamoqda. Masalan, Laqabi Solihu, oʻzi - tolih, Nur Said o'g'li Muhammad Solih. Ushbu baytda esa Ogahiy o'zini ilmsiz, ilmdan behabar inson sifatida tasvirlamoqda. Masalan, Mening shoirligim yolg'ondir, ammo Fuzuliy she'riga oshiqligim rost Ushbu baytda esa Erkin Vohidov o'zini shoirlikdan yiroq inson sifatida tasvirlamoqda. Demak, ijodkor o'zini kamtarona holatga solib, o'zining ijod va mehnatini, hayotdagi muvaffaqiyatini past sanasa TAQSIR san'ati hisoblanar ekan. @ADABIYOT_21 @ADABIYOT_21
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily