Vazir ishtirokida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tashkillashtirishga Qashqadaryo viloyati bo‘yicha mas’ul Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning yangi mexanizmlarini joriy etish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilgani bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Yig‘ilish davomida mas’ullarning axborotlari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan takliflar ijroga qaratildi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli ishlar belgilandi.