7-yanvar kuni Buxoro viloyati Buxoro tumani “Do‘stlik” MFY Ibn Sino ko‘chasini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasining shikast yetkazishi natijasida mahalla hududidagi 280 ta iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Tuman gaz ta’minoti bo‘limi avariya brigadasi tomonidan ta’mirlash ishlari boshlandi. Ta’mirlash yakunlanganidan keyin gaz ta’minoti qayta tiklanadi.