View in Telegram
#KUN TARIXI 23-yanvar bilan bog'liq ayrim tarixiy voqealar 1556-yil — tarix sahifalarida “Eng ko‘p inson jon bergan yer silkinishi” deb qayd etilgan “Shensi yer silkinishi” yuz berdi. Xitoyning shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan roppa-rosa 8 magnitudali ushbu zilzila oqibatida qariyb 830 ming kishi halok bo‘ldi. 1895-yil — Antarktida qirg‘oqlariga birinchi rasmiy hujjatlashtirilgan qo‘nish amalga oshirildi. Eng janubiy qit'aga birinchi bo'lib Norvegiyaning Antarktika baliq ovlash kemasi kapitani Kristensen va bu kemaning yo'lovchisi, tabiatshunoslik o'qituvchisi Karlsten Borchgrevink qadam qo'ydi. 1942-yil — Ulug‘ Vatan urushi yillarida SSSR Xalq Komissarlari Soveti “Ota-onasiz qolgan bolalarni joylashtirish to'g'risida”gi qarorni qabul qildi. 1950-yil — Quddus Isroil poytaxti deb eʼlon qilindi. 1992-yil — Oʻzbekiston va Misr davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi. 1992-yil — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan. 1997-yil — “Usto” Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish uyushmasi – respublika xalq amaliy san’ati ustalarining birlashmasi tashkil etildi. 1997-yil — Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etildi. 2014-yil — Toshkentda do‘ppilar ko‘rgazmasi ochildi. BIZNI KUZATIB BORING https://t.center/ANRUz
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Love Center - Dating, Friends & Matches, NY, LA, Dubai, Global
Find friends or serious relationships easily